Chexiya futbol assotsiatsiyasi (FAČR) ispaniyalik mutaxassis Santyago Deniya mamlakat milliy jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlanganini ma'lum qildi.
«Bu yerda ekanimdan juda xursandman. Chexiya milliy jamoasini boshqarish imkoniyatini katta sharaf deb bilaman va juda katta ishtiyoq bilan ish boshlashni kutyapman. Chexiya futboli boy tarixga ega. Ulkan maqsadlarga qaratilgan loyihasiga qo'shilyapman va birgalikda muvaffaqiyatlarga erishishimizga ishonaman. Eng katta istagim — imkoniy boricha tezroq ishga kirishish», — dedi Deniya.
Santyago murabbiylik faoliyati davomida "Atletiko" klubi tizimida ishlagan. Shuningdek, u Ispaniyaning o'smirlar, yoshlar va olimpiya jamoalariga boshchilik qilib, xalqaro miqyosda katta tajriba orttirgan.