"Bavariya" bilan shartnomasi yakunlangach erkin agentga aylangan Leon Goretzka "Barselona"ga oʻtish variantini taklif qildi. Bu haqda insayder Matteo Moretto xabar bermoqda.
Manbaga koʻra, germaniyalik 31 yoshli futbolchining agentlari Frenki de Yongning jahon chempionatida olgan tizza jarohati sababli uzoq muddatga (taxminan 4 oy) safdan chiqqanidan foydalanib, "Barselona" bilan bogʻlanishgan.
Futbolchi "Bavariya" va Germaniya milliy jamoasida birga ishlagan sobiq murabbiyi Hansi Flik qoʻl ostida yana toʻp tepishga qiziqish bildirgan.
Ammo kataloniyaliklar sport direktori Deko ushbu transferni rad etgan. "Barselona" rahbariyati markaziy yarimhimoya chizigʻida yetarlicha tarkib mavjud deb hisoblaydi.
Bundan tashqari, Goretzkaning yiliga 7 million yevro maosh hamda 10 million yevro atrofida bonus soʻrayotgani ham oʻtishga toʻsqinlik qilgan.