«Chelsi»ning yangi futbolchisi Maksans Lakrua klub safiga qo‘shilganidan so‘ng o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
Fransiyalik himoyachi London klubining g‘oliblik an’analari uni ushbu transferni tanlashga undaganini ta’kidladi.
«Bu yerda, «Chelsi»da biz g‘alaba qozonishni istaymiz. Men shunday buyuk klubning bir qismiga aylanganimdan juda xursandman. «Chelsi»ning qanday tarix va g‘oliblik an’analariga ega ekanini hamma biladi. Shu jamoa safida bo‘lish men uchun katta faxr», — dedi Lakrua londonliklar rasmiy saytiga.
Ma’lumot uchun, «Chelsi» Maksans Lakruani «Kristal Pelas»dan 52 million funt sterling evaziga transfer qildi. Himoyachi London klubi bilan 2032-yilgacha shartnoma imzolagan.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi