"Chelsi" hujumchisi Joao Pedro Ispaniya chempionatiga yo'l olishi mumkin. Bu haqda Fichajes nashri xabar berdi.
Braziliyalik forwardga "Barselona" qiziqish bildirmoqda. Kataloniya klubi futbolchini yozgi transfer oynasida o'z safiga qo'shib olishga harakat qilmoqchi.
Ma'lumot o'rnida, Pedro 2025 yilda "Brayton"dan "Chelsi"ga 63 million yevro evaziga ko'chib o'tgandi. Uning "ko'klar" bilan amaldagi shartnomasi 2033 yil 30 iyunga qadar mo'ljallangan.
Bu mavsum hujumchi londonliklar safida barcha musobaqalarda 45 ta o'yinda ishtirok etib, 19 ta gol urdi va 9 ta assist amalga oshirdi. Avvalroq Joaoning "Arsenal"ga o'tishi mumkinligi aytilayotgan edi.