Live
3
O'zbek

Mourinio Vinisius haqida: «U dunyodagi eng yaxshi futbolchilardan biri. Eng yaxshilar «Real»da bo‘lishi kerak»

Futbol
22 avgust, 05:13
«Real» bosh murabbiyi Vini Juniorning klubda qolish istagi va jamoaga moslashuvi haqida gapirdi.
Mourinio Vinisius haqida: «U dunyodagi eng yaxshi futbolchilardan biri. Eng yaxshilar «Real»da bo‘lishi kerak»
Foto: Getty Images
22.08.2026, 15:30 Ispaniya La Ligasi Espanyol Espanyol - : - Real Madrid Real Madrid

«Real» bosh murabbiyi Joze Mourinio Vini Juniorning kayfiyati hamda braziliyalik futbolchining Madrid klubi bilan shartnomasini uzaytirgani haqida fikr bildirdi.

«Bu yangilik men uchun kutilmagan bo‘lmadi. Klubni boshqarganimda va uning shartnoma bilan bog‘liq vaziyati haqida aytishganida, birinchi bo‘lib: «U qolishni xohlayaptimi yoki yo‘qmi?» deb so‘radim. U qolishni xohlardi.

Keyin masala moliyaviy shartlar va uning agentlariga bog‘liq bo‘ldi, ammo uning istagi qolish edi. O‘sha paytda men mutlaqo xotirjam edim.

Vini dunyoning eng yaxshi futbolchisimi, kuchli uchlik yoki o‘nlikka kiradimi — buni baholashni xohlamayman. Bunday taqqoslashlarni unchalik yoqtirmayman. Ammo u, shubhasiz, dunyodagi eng yaxshi futbolchilardan biri. Eng yaxshilar esa shu yerda bo‘lishi kerak.

Nega avval boshqa murabbiylar bilan muammolari bo‘lganini bilmayman. U g‘alaba qozonishni xohlaydi. Taktik nuqtayi nazardan undan nimani kutayotganimni juda yaxshi tushunadi.

Menimcha, u baxtli, o‘yinlarga qanday tayyorgarlik ko‘rayotganimizga ishonadi va g‘alaba qozonishni xohlaydi.

Har bir qisqa suhbatimiz doim: «Yana qo‘shamiz, yana g‘alaba qozonamiz va baxtli bo‘lamiz», degan so‘zlar bilan yakunlanadi», — dedi Mourinio La Liga 1-turidagi «Espanyol»ga qarshi bahs oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Espanyol Espanyol
  • Real Madrid Real Madrid
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Bugungi yangiliklar