Live
1
O'zbek

Kasilya: "Mbappe, Vinisius va Diomande hali ko'p narsaga erishishi kerak"

Futbol
22 avgust, 04:00
"Real" sobiq darvozaboni uch futbolchini Beyl, Benzema va Ronaldu darajasiga yetishi mumkinligi haqida gapirdi.
Kasilya: "Mbappe, Vinisius va Diomande hali ko'p narsaga erishishi kerak"
Foto: Getty Images
22.08.2026, 15:30 Ispaniya La Ligasi Espanyol Espanyol - : - Real Madrid Real Madrid

"Real" sobiq darvozaboni Kiko Kasilya Kilian Mbappe, Vinisius Junior va Yan Diomande Garet Beyl, Karim Benzema hamda Krishtianu Ronaldu darajasiga yetishi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi.

"Menimcha, yo'q. Ular hali ko'p narsaga erishishi kerak. Ayniqsa, katta futbolga endi kirib kelgan Diomande.

Umid qilamanki, biz ularni BBC triosi bilan taqqoslay olamiz. Men buni juda kutyapman va shunday bo'lishiga umid qilaman. Lekin bunga hali ancha bor", — dedi Kasilya SER Deportivos nashriga bergan intervyusida.

Ma'lumot o'rnida, 22 avgustdan 23 avgustga o‘tar kechasi Madridning "Real" klubi safarda "Espanol"ga qarshi o‘ynaydi. Ushbu bahs Toshkent vaqti bilan 00:30 da boshlanadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Espanyol Espanyol
  • Real Madrid Real Madrid
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Bugungi yangiliklar