"Arsenal" vingeri Gabriel Martinelli faoliyatini "Inter"da davom ettirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, "Inter" Martinellini qo'lga kiritishga asosiy da'vogarlardan biri bo'lib qolmoqda. Shuningdek, 25 yoshli futbolchiga "Yuventus", "Roma" va "Atletiko" ham qiziqish bildirmoqda.
Ta'kidlanishicha, "to'pchilar" o'z futbolchisini 60 million yevroga baholamoqda. Shu bilan birga, "Arsenal" yangi mavsumda allaqachon ikkita uchrashuv o'tkazdi, ammo Martinelli hali biror marta jamoa qaydnomasiga kiritilmadi.
Avvalroq "Manchester Yunayted" Martinelli transferiga qiziqayotgani ma'lum qilingandi.