Bugun
115
O'zbek

Toshkentda futbol va futzal afsonalari ishtirokida sport bayrami o'tkaziladi

Boshqa sportlar
22 avgust, 01:42
2 sentabr kuni soat 18:00 da «Humo Arena»da futzal bo'yicha O'zbekiston Superkubogi-2026 uchrashuvi o'tkaziladi.
Toshkentda futbol va futzal afsonalari ishtirokida sport bayrami o'tkaziladi
Фото: Ўзбекистон футзали

2–3 sentabr kunlari Toshkentda futzal va futbol muxlislari uchun maxsus sport tadbirlari tashkil etiladi.

2 sentabr kuni soat 18:00 da «Humo Arena»da futzal bo'yicha O'zbekiston Superkubogi-2026 uchrashuvi o'tkaziladi. Unda BMB va SQB jamoalari bahs olib boradi. Uchrashuv doirasida jahon va o'zbek futboli afsonalari ishtirokidagi maxsus dastur ham namoyish etiladi.

3 sentabr kuni soat 18:00 da esa «Bunyodkor» stadionida jahon futboli afsonalari va O'zbek futboli afsonalari jamoalari o'rtasida o'rtoqlik uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Jahon futboli afsonalari tarkibida Julio Қesar, Marko Materazzi, Jérôm Boateng, Michel Salgado, Kristian Zakkardo, Esteban Cambiyaso, Rikardo Quareshma, Uesli Sneyder, Oskar, Kevin Kuráni va Vinchenzo Yakinta kabi mashhur futbolchilar ishtirok etishi kutilmoqda.

Shuningdek, tadbir tashkilotchilari yana bir jahon chempioni hamda «Oltin to'p» sohibining Toshkentga tashrif buyurishini ma'lum qilgan.

Mazkur tadbirlar O'zbekiston futzal federatsiyasi va O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilmoqda.

Bugungi yangiliklar