Live
1
O'zbek

Malayziya klubi magʻlubiyatsiz oʻyinlar soni boʻyicha jahon rekordini oʻrnatdi

Futbol
22 avgust, 03:35
Jamoaning chempionatdagi magʻlubiyatsiz seriyasi 109 ta oʻyinga yetdi.
Malayziya klubi magʻlubiyatsiz oʻyinlar soni boʻyicha jahon rekordini oʻrnatdi
Foto: Getty Images

Malayziyaning «Johor Darul Tazim» klubi milliy chempionatda ketma-ket magʻlubiyatsiz oʻtkazilgan oʻyinlar soni boʻyicha jahon rekordini oʻrnatdi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Yangi mavsumning 1-turida «Johor» «Kuching»ni 3:0 hisobida magʻlub etdi. Shu tariqa, klubning chempionatdagi magʻlubiyatsiz seriyasi 109 ta oʻyinga yetdi.

Qayd etish lozim, Malayziya klubi ushbu natija boʻyicha Kot-d’Ivuarning «ASEC Mimosas» jamoasi rekordini yangiladi. Ushbu klub 1989 yildan 1994 yilgacha milliy chempionatda ketma-ket 108 ta uchrashuvda magʻlub boʻlmagandi. «Johor» esa oʻtgan mavsumning soʻnggi uchrashuvida bu natijani takrorlagandi.

Maʼlumot oʻrnida, jamoa milliy chempionatning soʻnggi toʻrt mavsumida chempionlikni qoʻlga kiritdi va 2021 yil aprel oyidan buyon Malayziya chempionatida magʻlubiyatga uchramagan.

Avvalroq «Johor Darul Tazim» «Chelsi» bilan 3:3 hisobida durang oʻynagani maʼlum qilingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Johor Darul Ta'zim Johor Darul Ta'zim
Bugungi yangiliklar