Saudiya Arabistoni chempionati soʻnggi turida "An Nasr" (86) oʻz uyida ligadan chiqmaslik uchun kurashayotgan "Damak"ni qabul qilib, yirik hisobda gʻalaba qozondi va oʻz tarixida 10-bor mamlakatning tengsiz klubiga aylandi. Jamoa oxirgi marta 2019 yili Saudiya chempionligini qoʻlga kiritgandi.
Riyodliklar yetakchisi Krishtianu Ronaldu dublga erishib, faoliyatidagi gollarini 973 taga yetkazib oldi. U "An Nasr" bilan ikkinchi sovringa ega chiqdi — 2023 yili Arab Chempionlar Ligasini ham yutgandi.
Portugalilik hujumchi bu mavsumda ligada 28 ta toʻp kiritib, toʻpurarlar poygasida uchinchi boʻldi. "Al Qodisiya" forvardi Kuinones 33 ta gol bilan eng yaxshi toʻpurar boʻldi.
Ligada 2-oʻrinni "Al Hilol" (84), 3-pogʻonani Elit OChL gʻolibi "Al Ahli" (81), 4-oʻrinni esa "Al Qodisiya" (77) egalladi. Dastlabki 4 oʻrinni egallagan jamoalar Elit OChLda qatnashish huquqini qoʻlga kiritdi. 5-pogʻonadagi "Al Ittihod" (55) esa saralashdan ishtirok etadi. 6-oʻrindan joy olgan "At Ta'avun" (53) OChL-2da oʻynaydi.
Yuqori divizionni 3 ta klub tark etdi — "Damak", "Al Ahduud" va "An Najma".
Saudiya Proligasi. 34-tur. 21 may
An Nasr — Damak 4:1
Gollar: Mane (34), Koman (52), Ronaldu (63, 81) — Silla (58, penalti).
An Nasr — Bento, Bushal (Sharari, 90+2), Simakan, Al Amri, Martinez, Koman, Ayman (Anjelo, 85), Al Haybari, Mane (Gʻarib, 87), Feliks, Ronaldu (Al Hamdan, 87).
Al Fayha — Al Hilol 0:1
Gol: Madash (4).
Al Qodisiya — Al Ittihod 1:5
Gollar: An Nosiri (42, penalti) — Al Juvayr (2), Kuinones (37 penalti, 38, 64), Ash Shamat (55).