"Milan"ning yangi bosh murabbiyi Ruben Amorim tajribali yarimhimoyachi Luka Modrichni 2026/27 yilgi mavsumda ham jamoada saqlab qolish niyatida ekanini ochiqchasiga ma'lum qildi.
"Modrichning jamoada qolishini xohlayman. Men allaqachon Luka bilan suhbatlashdim va agar kerak bo'lsa o'zim borib uni olib kelaman! Men Modrichning bu mavsumda ham biz bilan bo'lishini istayman", — deya Amorimning so'zlaridan keltiradi insayder Fabrizio Romano.
Eslatib o'tamiz, Luka Modrich o'tgan yozda "Real"dan erkin agent sifatida "Milan"ga qo'shilgan edi. O'tgan mavsumda u barcha turnirlar doirasida 37 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.