«Milan» qanot hujumchisi Rafael Leau o‘zining kelajakdagi faoliyatiga to‘xtaldi.
Yaqinda matbuotda portugaliyalik vinger Turkiyaga ko‘chib o‘tishi mumkinligi, unga «Fenerbahche» va «Galatasaroy» klublari qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqaldi.
«Men klub rahbariyati bilan yangilik qilish imkoniyati haqida gaplashdim, ammo bu sodir bo‘ladimi yoki yo‘qmi, hozircha bilmayman. 29-iyulda men jamoa ixtiyoriga yetib borishim kerak. Hozircha «Milan» o‘yinchisiman. Menga ko‘p narsa bergan bu klubning futbolkasini hurmat qilaman va bor kuchimni ishga solaman», - dedi Leo Podpah podkastida.
Ma’lumot uchun, 27 yoshli hujumchi 2019-yildan beri «rossoneri» safida to‘p tepmoqda. Uning «Milan» bilan shartnomasi ikki mavsumdan so‘ng tugaydi.