Live
1
O'zbek

Mastantuono sobiq klubiga qaytmoqchi

Futbol
29 iyul, 08:41
18 yoshli vinger oldida bir qancha ijara takliflari bor.
Mastantuono sobiq klubiga qaytmoqchi
Foto: Getty Images

«Real» yarimhimoyachisi Franko Mastantuono ijara asosida boshqa klubga o'tish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.

Argentinalik futbolchiga Yevropaning bir nechta klublaridan takliflar tushgan. Biroq The Athletic nashrining xabar berishicha, 18 yoshli vinger ijara asosida faoliyatini o'zining sobiq jamoasi — «River Pleyt»da davom ettirishni afzal ko'rmoqda.

Argentina klubi Frankoning istagidan xabardor va uning qaytishidan manfaatdor. Shu hafta davomida o'yinchining vakillari «Real» rahbariyati bilan uchrashuv o'tkazadi.

Mastantuono o'tgan yozda aynan «River Pleyt»dan «Real»ga 63 million yevro evaziga ko'chib o'tgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
  • River Plate River Plate
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Bugungi yangiliklar