Kasper Hyog faoliyatini Shotlandiya chempioni safida davom ettiradi.
"Seltik" 25 yoshli hujumchini "Budyo-Glimt"dan 11 million funtga sotib oldi. Bu qiymat keyinchalik bonuslar hisobiga yanada oshishi mumkin.
Daniyalik futbolchi Glazgo klubi bilan 2030 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzoladi. Kelishuvni yana bir yilga uzaytirish mumkin.
Hyog Norvegiya chempionatida 2025 yilgi mavsumda 28 o'yinda 17 ta, 2026 yili esa 12 ta bahsda 7 ta gol urgandi.
Hujumchi o'tgan mavsumda Yevropa Chempionlar ligasida 14 o'yin o'tkazib, 6 ta gol va 3 ta assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ygandi.
"Seltik" "Budyo-Glimt" to'purari sotib oldi
Futbol
29 iyul, 09:19
Daniyalik hujumchi Shotlandiya chempioniga transfer qilindi.
Foto: Celtic