Live
3
O'zbek

Tunis milliy jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlandi

Futbol
29 iyul, 10:28
Renarning o'rnini mahalliy mutaxassis egalladi.
Tunis milliy jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlandi
Foto: Getty Images

Tunis milliy jamoasining yangi bosh murabbiyi etib Muin Shaabaniy tayinlandi.

45 yoshli mahalliy mutaxassis bilan 2030 yilgacha mo'ljallangan 4 yillik shartnoma imzolandi.

Shaabaniy bu lavozimda JCH-2026 paytida jamoani boshqargan Erve Renarning o'rnini egalladi. Frantsiyalik mutaxassis Tunis bilan mundialning guruh bosqichida Yaponiya (0:4) va Niderlandiya (1:3) mag'lub bo'lganidan keyin o'z lavozimini tark etgandi.

Ma'lumot uchun, Shaabaniy faoliyati davomida «Berkan», «Esperans», Misrning «Al Masri» va «Kleopatra» klublarini boshqargan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Tunis Tunis
Bugungi yangiliklar