Live
1
O'zbek

Kurash. Bunyod Hasanov U-17 Jahon chempionatida ikki karra g'oliblikni qo'lga kiritdi

Boshqa sportlar
31 iyul, 06:07
Sadriddin To'lqinboyev esa bronza medaliga sazovor bo'ldi.
Kurash. Bunyod Hasanov U-17 Jahon chempionatida ikki karra g'oliblikni qo'lga kiritdi
Foto: United World Wrestling

Boku shahri mezbonlik qilayotgan sport kurashlari bo'yicha o'smirlar o'rtasidagi Jahon chempionatida yunon-rum kurashi bahslari o'z yakuniga yetdi.

-51 kg vazn toifasida kurashgan o'zbekistonlik Bunyod Hasanov ikkinchi bor ushbu yosh toifasida jahon chempionligiga sazovor bo'ldi. Shuningdek, Sadriddin To'lqinboyev (-60 kg) bronza medali bilan taqdirlandi.

🥇 Oltin medal:
-51 kg: Bunyod Hasanov

🥉 Bronza medal:
-60 kg: Sadriddin To'lqinboyev


Avvalroq -80 kg vaznda Abdulaziz Xolmirzayev ham bronza medaliga sazovor boʻlgandi.

Bugungi yangiliklar