Live
1
O'zbek

Slot «Al Ahli» ro‘yxatida, ammo muammo bor

Futbol
30 iyul, 10:33
Niderlandiyalik mutaxassis faoliyatini Yevropada davom ettirmoqchi.
Slot «Al Ahli» ro‘yxatida, ammo muammo bor
Foto: Getty Images

Saudiya Arabistonining «Al Ahli» klubi bosh murabbiylik lavozimiga nomzodlar ro‘yxatiga Arne Slotni ham kiritdi.

Jurnalist Ben Jeykobsning xabariga ko‘ra, Eddi Hauning ketishidan so‘ng «Nyukasl» boshqaruvini qo‘lga olishi kutilayotgan Matias Yayssle o‘rniga «Al Ahli» yangi murabbiy izlamoqda. Nomzodlardan biri esa sobiq «Liverpul» ustozi Arne Slot hisoblanadi.

Biroq ushbu tayinlov amalga oshishiga jiddiy to‘siq bor. Manbaga ko‘ra, Slot faoliyatini Saudiya Arabistonida emas, balki Yevropada davom ettirishni afzal ko‘rmoqda.

Ma’lumot uchun, Arne Slot 2025/26 yilgi mavsum yakunida «Liverpul»ni tark etgan edi. Avvalroq u Niderlandiya milliy jamoasi bosh murabbiyligiga asosiy nomzodlardan biri sifatida ham tilga olingan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Fulhem Fulhem
  • Al-Ahli Jidda Al-Ahli Jidda
Bugungi yangiliklar