Live
3
O'zbek

«Fulhem» Gonsalo transferi bo‘yicha «Real» bilan kelishuvga erishdi

Futbol
30 iyul, 07:30
22 yoshli hujumchi 70 million yevro evaziga Angliyaga yo‘l oladi.
«Fulhem» Gonsalo transferi bo‘yicha «Real» bilan kelishuvga erishdi
Foto: Getty Images

«Fulhem» Madridning «Real» klubi hujumchisi Gonsalo Garsiya transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi.

COPE xabariga ko‘ra, 22 yoshli futbolchi uchun London klubi 70 million yevro to‘laydi. Shuningdek, kelishuvga ko‘ra, «Real» futbolchini kelajakda birinchi bo‘lib qayta sotib olish huquqini saqlab qoladi.

Qayd etilishicha, «Fulhem» bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa o‘tgan mavsumning ikkinchi yarmida «Real» tizimida faoliyat olib borgan.

Ma’lumot uchun, Gonsalo Garsiya o‘tgan mavsum La Ligada 30 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘rtacha 31 daqiqa harakat qilgan va 6 ta gol muallifiga aylangan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Fulhem Fulhem
  • Real Madrid Real Madrid
Bugungi yangiliklar