Bu haqda jurnalist Matteo Moretto o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali xabar berdi.
Angliyaning «Fulhem» klubi «Real» hujumchisi Gonsalo Garsiya transferi uchun kattagina mablag‘ sarflashga tayyor turibdi — jamoaning yangi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa aynan ispaniyalik hujumchini o‘z tarkibida ko‘rishni istamoqda. Ma’lumot uchun, Alvaro va Gonsalo avvalroq Madrid klubida birga ishlab ulgurgan. Ammo ingliz klubi Gonsalo transferi uchun aynan qancha pul sarflamoqchi ekanligi hozircha ochiqlanmagan.
Ispan OAV xabarlariga ko‘ra, «Real» munosib taklif tushgan taqdirda Garsiyani sotib yuborishga qarshi bo‘lmaydi.
Eslatib o‘tamiz, 2025/2026-yilgi mavsumda hujumchi asosiy jamoa tarkibida barcha musobaqalardagi 39 ta o‘yinda 7 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma yetkazib berdi. Avvalroq Gonsalo Garsiya «Real Madrid Kastilya» safida harakat qilgan va 2024/2025-yilgi mavsumda 73 ta bellashuvda 30 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan edi.