Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyo markaziy hujumchi Gonsalo Garsiyani jamoada saqlab qolish tarafdori.
Marca nashri xabariga ko‘ra, portugaliyalik mutaxassis tarkibda Garsiyaga o‘xshash xususiyatlarga ega boshqa hujumchi yo‘q, deb hisoblamoqda. Shu sabab u 22 yoshli futbolchini keyingi mavsumda ham «Real» safida qolishga ko‘ndirmoqchi.
Qayd etilishicha, Garsiya o‘tgan mavsumda kam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lganiga qaramay, 8 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Ma’lumot uchun, Gonsalo Garsiyaning «Real» bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning iyun oyiga qadar mo‘ljallangan.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi