Germaniya milliy jamoasi sport direktori Rudi Fyoller Argentina milliy jamoasi ko‘rsatayotgan futbol uslubini butkul qo‘llab-quvvatlamadi.
Lionel Skaloni boshchiligidagi jamoa 2026 yilgi jahon chempionati finaligacha yetib bordi va qo‘shimcha bo‘limlarda Ispaniya milliy jamoasiga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
«Germaniya himoyada yaxshiroq o‘ynashi kerak. Ko‘pchilik argentinaliklarni misol qilib keltirdi. Lekin men buni yomon namuna deb hisoblayman. Birdaniga argentinaliklar etalonga aylandi. Biroz ikkiyuzlamachilikka yo‘g‘rilgan munozara. Menga Argentina kabi o‘ynaydigan jamoa kerak emas. Buning futbolga hech qanday aloqasi yo‘q. Ha, ular amaldagi jahon chempionlari edi va oxirgi turnirda ham finalga chiqishdi. Ammo nima uchun ko‘pchilik bu jamoani maqtashini tushunmayapman», - deya Rudi Fyollerning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Bild.
Eslatib o‘tamiz, Germaniya milliy jamoasi mundial 1/16 final bosqichida Paragvayga (1:1, 3:4 pen.) yutqazib, musobaqani tark etdi.