Germaniya milliy jamoasi yangi bosh murabbiyi Yurgen Klopp jamoada qanday taktikadan foydalanishni rejalashtirayotgani haqida gapirdi. Kuni kecha Germaniya futbol ittifoqi tajribali mutaxassis bilan shartnoma imzolaganini e’lon qildi.
«Jahon chempionatidan chiqargan xulosam shu bo‘ldiki, to‘rt nafar himoyachi bilan o‘ynash g‘alaba keltirmoqda va biz xuddi shunday qilamiz. Biz shuningdek, qanotlardan faol tarzda foydalanamiz, bu borada fikrim qat’iy. Milliy jamoada shunday muhitni yaratishni istardimki, odamlar o‘yindan so‘ng uyiga qaytib, bir xil munosabatda bo‘lsin: «Vau!» — dedi Klopp matbuot anjumanida.
Ma’lumot uchun, Germaniya milliy jamoasida Yurgen Klopp hamyurti Yulian Nagelsmanning o‘rnini egalladi.
Eslatib o‘tamiz, Germaniya milliy jamoasi JCH-2026dagi ishtirokini 1/16 final bosqichida yakunladi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi