Germaniya milliy jamoasi va Londonning «Arsenal» klubi sobiq himoyachisi Per Mertezaker milliy jamoaning sport direktori bo‘ladi.
Bu haqda Germaniya futbol ittifoqi matbuot xizmati rasmiy saytida xabar berdi.
Sobiq futbolchi yangi lavozimdagi ishini 2027-yil 1-yanvardan boshlaydi va amaldagi sport direktori Andreas Rettigini alishtiradi. Mertezaker milliy jamoalar va akademiyaga javobgar bo‘ladi. Ushbu qaror kuzatuv kengashi va aksiyadorlar yig‘ilishi tomonidan bir ovozdan qabul qilindi.
Futbolchilik faoliyatini yakunlagach, Mertezaker 2018-yilda «Arsenal» akademiyasida ish boshlab, 2026-yilgacha yoshlar bo‘limi boshlig‘i sifatida faoliyat olib bordi.