«Barselona» sport direktori Deku «Inter» hujumchisi Lautaro Martinesning vakili bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Jurnalist Jerar Romero xabariga ko‘ra, uchrashuv o‘tgan hafta bo‘lib o‘tgan. Tomonlar 28 yoshli argentinalik futbolchining «Barselona»ga ehtimoliy transferi istiqbollarini muhokama qilgan.
Lautaro Martines «Atletiko» hujumchisi Xulian Alvares transferini amalga oshirishning iloji bo‘lmagan taqdirda «Barselona»ning muqobil variantlaridan biri sifatida ko‘rilmoqda.
Kataloniyaliklar hozirda Alvaresni asosiy maqsad sifatida ko‘rmoqda, biroq «Atletiko» argentinalik futbolchini sotish niyatida emas. Shu sababli «Barselona» hujumchi pozitsiyasi uchun boshqa nomzodlarni ham o‘rganmoqda.
Ma’lumot uchun, Lautaro Martines o‘tgan mavsum barcha musobaqalarda 41 ta uchrashuvda maydonga tushib, 22 ta gol va 6 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Uning «Inter» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yozigacha amal qiladi. Transfermarkt argentinalik hujumchining bozor qiymatini 85 million yevro deb baholamoqda.