Live
2
O'zbek

Rasman: «Al Hilol» Benzema transferini e'lon qildi

Futbol
2 fevral, 16:05
«Oltin to'p» sohibi faoliyatini Riyod klubida davom ettiradi.
Rasman: «Al Hilol» Benzema transferini e'lon qildi
Foto: Al Hilal

«Al Hilol» Karim Benzema transferini e'lon qildi.

Avvalroq fransiyalik futbolchi Riyod klubi bilan 2027 yil yozigacha mo'ljallangan shartnoma imzolagani xabar berilgandi.

Eslatib o'tamiz, bungacha 38 yoshli hujumchi «Al Ittihod» taklif etgan shartnomadan norozi bo'lib, jiddaliklar safida o'ynashdan bosh tortgandi.

Benzema bu mavsumda Saudiya Proligasida 14 o'yinda 8 ta gol urg'an. Uning yangi jamoasi «Al Hilol» 47 ochko bilan 1-pog'onani egallab turibdi.

Ma'lumot uchun, «Oltin to'p» sohibi «Lion» tarbiyalanuvchisi sanaladi. U faoliyatining katta qismini «Real»da o'tkazgan.

Bugungi yangiliklar