Live
5
O'zbek

JCH-2026 finali tanaffusi 30 daqiqa bo'ladi — The Athletic

Futbol
15 iyul, 11:00
Manbaga ko'ra, shou va tahliliy dastur sabab tanaffus vaqti ko'proq bo'ladi.
JCH-2026 finali tanaffusi 30 daqiqa bo'ladi — The Athletic
Foto: Getty Images

2026 yildagi Jahon chempionati finalidagi tanaffus yarim soatgacha davom etishi mumkin.

Bo'limlar orasidagi tanaffus paytida Jastin Biber, Shakira, BTS, Madonna, Burna Boy, venesuelalik dirijyor Gustavo Dudamel va PS22 xori ishtirokida shou-konsert bo'lib o'tadi. Shuningdek, unda «Sezam ko'chasi» va «Mappetlar» qahramonlari ham qatnashadi.

Avvalroq FIFA tomosha 11 daqiqa davom etishini ma'lum qilgandi. Biroq The Athletic nashrining xabar berishicha, endi tashkilot tanaffusning umumiy davomiyligini taxminan 20 daqiqagacha uzaytirishni rejalashtirmoqda.

The Times yozishicha, Jahon chempionati finalini jonli efirda namoyish etadigan BBC va ITV telekanallari tanaffus taxminan 30 daqiqa davom etishini kutmoqda. Dastlab ular shou sababli birinchi bo'lim tahlili uchun ajratiladigan an'anaviy vaqt qisqarishidan xavotirda edi. Ammo hozir ularning hisoblashicha, ham 11 daqiqalik shouni, ham 15 daqiqalik tahlilni efirga uzatish uchun yetarli vaqt bo'ladi.

Jahon chempionati finaliga birinchi bo'lib Ispaniya milliy jamoasi yo'llanma oldi. Yevropa chempionlari hal qiluvchi bahsda Angliya — Argentina bahsi g'olibi bilan to'qnash keladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

55+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar