«Liverpul» yozgi transferlar oynasida ham «Vulverhempton» yarimhimoyachisi Joao Gomesga qiziqish bildirishda davom etmoqda. Bu haqda Football Insider xabar berdi.
Manbaga ko'ra, braziliyalik 25 yoshli futbolchining transfer qiymati sezilarli darajada pasaygan. «Bo'rilar» uni taxminan 47 million yevroga baholagan bo'lsa, hozir bu summa 35 million yevro atrofida ekani aytilmoqda.
Joao Gomes uchun kurashda «Liverpul»ga da'vogar sifatida «Manchester Yunayted» ko'rsatilmoqda. Xabarlarga ko'ra, manchesterliklar vakillari futbolchining ehtimoliy transferi yuzasidan «Vulverhempton» rahbariyati bilan dastlabki muzokaralarni o'tkazgan.
O'tgan mavsum Gomes barcha turnirlar doirasida 41 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.