«Chelsi» yaqin vaqt ichida hujumchi Mark Giuning kelajagi bo'yicha yakuniy qaror qabul qiladi. Bu haqda jurnalist Saymon Jonson ma'lum qildi.
Xabarga ko'ra, London klubi ispan hujumchini yoki ijaraga bermoqchi, yoki butunlay sotmoqchi.
Shu bilan birga, «ko'klar» yosh futbolchining iqtidoriga ishonmoqda va agar transfer amalga oshsa, bitimga qayta sotib olish bandini kiritishni rejalashtirgan.
Ma'lumot uchun, Giu 2024 yilda «Barselona»dan 6 million yevro evaziga «Chelsi»ga ko'chib o'tgan. Uning shartnomasi 2029 yil 30 iyungacha amal qiladi.
O'tgan mavsumda Mark barcha turnirlar doirasida 16 ta uchrashuvda ishtirok etgan hujumchi 3 ta gol va 2 ta golli uzatma muallifi bo'ldi. Transfermarkt uning bozor qiymatini 12 million yevroga baholamoqda.