«Liverpul» «PSJ» vingeri Bredli Barkolaning transferi bo‘yicha dastlabki muzokaralarni o‘tkazdi.
Jurnalist Ben Jeykobsning xabariga ko‘ra, hozircha klublar o‘rtasida rasmiy muzokaralar boshlanmagan, biroq yaqin kunlarda bu jarayon yo‘lga qo‘yilishi mumkin.
Qayd etilishicha, transferning amalga oshishi asosan narx masalasiga bog‘liq. «PSJ» 23 yoshli futbolchi uchun 170 million yevro talab qilmoqda, «Liverpul» esa ushbu summani kamaytirishga harakat qilmoqda.
Manbaga ko‘ra, mersisaydliklar Barkolaning Parij klubini tark etish istagi va uning amaldagi shartnomasi yana ikki yilga mo‘ljallanganini ham inobatga olmoqda.
«Liverpul» rahbariyati hisoblashicha, agar transfer ushbu yozda amalga oshmasa va futbolchi yangi shartnoma imzolamasa, «PSJ» uni 2027 yilda ancha arzonroq narxda sotishga majbur bo‘lishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq insayder Fabritsio Romano Bredli Barkola «Liverpul» loyihasini ustuvor variant sifatida ko‘rayotgani haqida xabar bergandi.