Futzalda katta mavsum start olmoqda. 2 sentyabr kuni O‘zbekiston Superkubogi bo‘lib o‘tadi.
Unda amaldagi chempion BMB klubi «SQB» o‘zaro bellashadi. Bellashuvga «Humo Arena» mezbonlik qiladi. Bahs esa 18:00da start oladi.
Tribuna.uz’ga ma'lum qilinishicha, O‘zbekiston futzal federatsiyasi bu yilgi Superkubok uchrashuviga ham jahon futboli afsonalarini taklif qilgan. Finalni arenadan bevosita «Chelsi»ning sobiq futbolchisi Oskar, Portugaliya bilan Yevropa chempioni bo‘lgan Rikardu Kuarejma, JCh-2014 g‘olibi germaniyalik Kevin Kurani, Italiya bilan JCh-2006 sohibi Marko Materatszi va boshqa ko‘plab yulduzlardan iborat 11 nafar taniqli sobiq futbolchilar tashrif buyurishadi.
An'anaga muvofiq, 3 sentyabr kuni jahon futboli afsonalari va o‘zbek futboli afsonalari o‘rtasida o‘rtoqlik bellashuvi ham o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Materatszi, Oskar, Kuarejma – futzal bo‘yicha O‘zbekiston Superkubogiga jahon futboli yulduzlari tashrif buyuradi
Boshqa sportlar
21 avgust, 03:21
Superkubok finalida BMB klubi «SQB» bilan o‘zaro bellashadi.
Фото: Ўзбекистон футзали
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi