Bugun
51
O'zbek

Javohir Sindarov "Sinquefield Cup 2026"da bronza medaliga sazovor bo‘ldi

Boshqa sportlar
20 avgust, 12:39
O‘zbekistonlik grossmeyster qancha pul ishlab olgani ma'lum.
Javohir Sindarov "Sinquefield Cup 2026"da bronza medaliga sazovor bo‘ldi
Foto: UzChess Federation

Sent-Luisda o‘tgan nufuzli "Sinquefield Cup 2026" musobaqasi Javohir Sindarov uchun muvaffaqiyatli yakunlandi, deb xabar beradi Uzbekistan Chess Federation.

Dunyoning eng kuchli shaxmatchilari bahs olib borgan turnirda O‘zbekiston vakili 9 tur davomida 5 ochko jamg‘arib, 3-o‘rinni egalladi.

Sindarov Uesli So va Rameshbabu Praggnanandhaadan keyingi pog‘onani band etdi hamda musobaqaning bronza medali sohibiga aylandi.

O‘zbekistonlik grossmeysterning turnirdagi natijasi — 5 ochko, 3-o‘rin va 42 500 AQSh dollari miqdoridagi mukofot.

Shu tariqa Javohir nufuzli "Grand Chess Tour 2026"ning so‘nggi bosqichida ham o‘z nomini kuchli uchlikdan joy oldirishga muvaffaq bo‘ldi.

Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

15+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar