2027 yildagi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati qitʼalararo pley-off turnirining dastlabki bosqichiga qura tashlash marosimi boʻlib oʻtdi.
Unga koʻra Oʻzbekiston ayollar. jamoasi saralashning ushbu bosqichida quyidagi jamoalar bilan oʻyin oʻtkazadi:
Oʻzbekiston — Papua Yangi Gvineya
Oʻzbekiston — Gana
Oʻzbekiston — Janubiy Afrika Respublikasi
Maʼlumot uchun, Jahon chempionati saralashining ushbu bosqichi noyabr-dekabr oylarida markazlashgan holda tashkil etiladi
JCH-2027 saralashi. Oʻzbekiston ayollar milliy jamoasining qitʼalararo pley-offdagi raqiblari maʼlum boʻldi
Futbol
20 avgust, 13:25
Markaziy Osiyo vakili mundialga chiqish uchun Afrika jamoalariga qarshi oʻynaydi.
Foto: UFA