«Real», «Inter» klublari va Braziliya milliy jamoasining sobiq himoyachisi Roberto Karlos Islom dinini qabul qilgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.
Avvalroq Turkiya Buyuk Millat Majlisi a'zosi Ali Shahin sobiq futbolchining musulmon bo'lganini aytgandi. Uning so'zlariga ko'ra, bu haqda unga Braziliyadagi musulmonlar jamoasi vakili Jihod Hasan Hammade ma'lum qilgan.
«Men Islom diniga juda katta hurmat bilan qarayman. Turmush o'rtog'imning namoz o'qiyotganini ko'rish menga yoqadi. Ammo Islomni qabul qilganim haqidagi tarqalayotgan xabarlar haqiqatga to'g'ri kelmaydi», — deya Roberto Karlosning so'zlarini keltiradi Okaz.
Roberto Karlos Islomni qabul qilgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi
Futbol
20 avgust, 13:43
Avvalroq Turkiya Buyuk Millat Majlisi a'zosi Ali Shahin sobiq himoyachining musulmon bo'lganini aytgandi.
Foto: Getty Images
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi