Bugun
51
O'zbek

Short-trek. Alisher Mahmudov Osiyo ochiq kubogida kumush medalni qo'lga kiritdi

Boshqa sportlar
20 avgust, 15:17
O'zbekistonlik o'smir Hindistonda o'tayotgan turnirda sovrindorlar qatoridan joy oldi.
Short-trek. Alisher Mahmudov Osiyo ochiq kubogida kumush medalni qo'lga kiritdi
Foto: Olympic uz

Hindistonning Dehradun shahrida short-trek bo'yicha o'smirlar o'rtasida Osiyo ochiq kubogi bo'lib o'tmoqda.

MOQ matbuot xizmati yozishicha, musobaqada ishtirok etayotgan o'zbekistonlik yosh sportchi Alisher Mahmudov sovrindorlar qatoridan joy oldi.

Mahmudov 1000 metr masofaga kechgan poygalarda 28 ishtirokchi orasida ikkinchi natijani qayd etdi va kumush medal bilan taqdirlandi. Oltin va bronza medallari mezbon sportchilarga nasib etdi.

Bugungi yangiliklar