«Barselona» sport direktori Deku Rodrining jamoaga qo'shilishi haqida fikr bildirdi.
Ispaniyalik yarimhimoyachi «Manchester Siti»dan bonuslarni hisobga olgan holda 76,5 mln yevro evaziga transfer qilindi. Unga «Real» ham qiziqish bildirgandi.
«Biz amalga oshiradigan har bir transferning muayyan maqsadi bor. Biror futbolchini sotib olishdan oldin bu masalani sinchiklab muhokama qilamiz va shundan keyingina qaror qabul qilamiz.
Avvaliga Rodri rejalarimizda yo'q edi, chunki uni qo'lga kiritishning iloji yo'q, deb o'ylagandik. Imkoniyat paydo bo'lganida esa undan foydalandik va Gordon, Adeyemi, Bisivu hamda Kanselu bilan bo'lgani kabi muvaffaqiyatga erishdik. Har bir transferning maqsadi — jamoani kuchaytirish. Rodri esa jamoamizni kuchaytiradi.
Biz uni shunchaki «Real»dan olib qo'yish uchun transfer qilmadik. Bunday fikr xato bo'lardi. U — dunyodagi eng yaxshi yarimhimoyachilardan biri. U jamoaga katta hissa qo'sha olishiga ishonamiz va aynan shuning uchun bu transferni amalga oshirish mantiqli edi», — dedi Deku TV3 efirida.
Deku: «Rodri transferi mantiqli. Uni shunchaki «Real»dan olib qo'yish uchun sotib olganimiz yo'q»
Futbol
20 avgust, 12:15
«Barselona» sport direktori ispaniyalik futbolchining transferi qanday amalga oshgani haqida gapirdi.
Foto: Getty Images
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi