Sport kurashlari boʻyicha U-20 yosh toifasidagi jahon chempionatida navbatdagi kun bahslari ortda qoldi.
Slovakiyada tashkil etilayotgan chempionatning ortda qolgan kunida oʻzbekistonlik sportchilar 1 ta kumush va 2 ta bronza medallariga sazovor boʻlishdi.
Kumush medal:
-60 kg: Dostonbek Oripov
Bronza medal:
-50 kg: Nilufar Nurmuhammadova
-53 kg: Sohibjamol Esbousinova
Yunon-rum kurashi bahslarining yakuniga koʻra, Oʻzbekiston vakillari 95 ochko bilan umumjamoa hisobida Rossiya va Erondan keyin uchinchi oʻrinni qoʻlga kiritishdi.
Bugun, 20 avgust kuni kechki dasturda oʻzbekistonlik qizlardan Muhayyo Narzilloeva -65 kg vazn toifasida final bahsini oʻtkazsa, Feruza Qayratdinova (-62 kg) bronza medali uchun kurash olib boradi.
Final:
-65 kg: Muhayyo Narzilloeva — Margarita Salnazarjan (Rossiya)
Bronza medali uchun:
-62 kg: Feruza Qayratdinova / Oʻzdenur Oʻzmez (Turkiya) — Yifan Chju (Xitoy)
Yunon-rum kurashi. Oʻzbekiston U-20 jahon chempionatida umumjamoa hisobida uchinchi boʻldi
Boshqa sportlar
20 avgust, 11:15
19 avgust kungi bellashuvlarda 1 ta kumush va 2 ta bronza qoʻlga kiritildi.
Foto: United World Wrestling