Oʻzbekiston chempionatining 20-turini boshlab bergan bahsda OKMK oʻz uyida “Xorazm”ni qabul qilib, Siyovash Haqnazariyning chiroyli goli evaziga gʻalaba qozondi.
3 oʻyinlik golsiz va gʻalabasiz seriyasiga chek qoʻygan Mirjalol Qosimov jamoasi ochkolarini 32 taga yetkazib, 5-oʻringa chiqib oldi. “Xorazm” esa 20 ochko bilan 12-pogʻonada qoldi.
Superliga. 20-tur
OKMK — Xorazm 1:0
3 sentyabr, Olmaliq, “OKMK SM”
Gol: Siyovash Haqnazariy (15).
OKMK - Hamidullo Abdunabiyev, Shahzod Toirov, Mirjamol Qosimov (Arihiro Sentoku, 84), Giorgi Papava, Dilshod Ahmadaliyev, Aziz Xolmurodov (Urosh Koyich, 74), Asad Sobirjonov, Nodir Abdurazzoqov (Hazrat Tursunqulov,74) Ahmadullo Muqimjonov, Abror Karimov, Siyovash Haqnazariy.
Xorazm — Umid Ergashev, Sardor Azimov (Umid Sultonov, 61), Elzio Lohan (Nurjahon Muzaffarov, 46), Diyor Ortiqboyev, Danil Nugumanov, Sunnatulloh Hamidjonov (Maksim Shiryayev, 46), Matiya Rom, Aziz Pirmuhammadov, Ulugʻbek Hoshimov, Rustam Abduhamidov (Aziz Axrorov, 79), Rafael Sabino (Suhrob Izzatov, 61).
Superliga. OKMK “Xorazm”ni magʻlub etib, 5-oʻringa koʻtarildi
Futbol
3 sentabr, 12:19
3
Qosimov jamoasi 3 oʻyinlik golsiz va gʻalabasiz seriyasiga chek qoʻydi.
Foto: FK OKMK
03.09.2026
FT
O‘zbekiston Superligasi
ОКМК
1
:
0
Xorazm
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi