Bugun
36
O'zbek

Marokash yarimhimoyachisi “Panatinaikos”ga oʻtdi

Futbol
3 sentabr, 23:47
26 yoshli Unai yana Gretsiya klubida oʻynaydi.
Marokash yarimhimoyachisi “Panatinaikos”ga oʻtdi
Foto: Getty Images

Marokash milliy jamoasi yarimhimoyachisi Azzedin Unai faoliyatini Gretsiyada davom ettiradi.

“Panatinaikos” 26 yoshli futbolchini “Jirona”dan sotib oldi.

Transfer qiymati 11 million yevroni tashkil etdi. Shartnoma 2030 yil yozigacha moʻljallangan.

Yarimhimoyachi oʻtgan mavsumda La Ligada 24 oʻyinda maydonga tushib, 5 ta gol va 2 ta assistni oʻz hisobiga yozdirib qoʻygan.

Unaiga “Panatinaikos” begona emas. U 2024/25 yilgi mavsumda grek klubida ijarada harakat qilib, 25 bahsda 4 ta gol va xuddi shuncha assist qayd etgan.

Azzedin Ounahi
Foto: Panathinaikos

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Panathinaikos Panathinaikos
  • Marokash Marokash
Bugungi yangiliklar