Bugun
215
O'zbek

«Hall Siti» bosh murabbiyi klub bilan shartnomasini 2028 yilgacha uzaytirdi

Futbol
5 sentabr, 05:30
Bitimda uni yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati ham ko‘zda tutilgan.
«Hall Siti» bosh murabbiyi klub bilan shartnomasini 2028 yilgacha uzaytirdi
Foto: Hull City

«Hall Siti» klubi rasmiy sayti orqali jamoa bosh murabbiyi Sergey Yakirovich bilan shartnoma uzaytirilganini e’lon qildi.

Mutaxassisning «yo‘lbarslar» bilan yangi mehnat shartnomasi 2028 yil yoziga qadar amal qiladi. Bitimda uni yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati ham ko‘zda tutilgan.

Ma’lumot o‘rnida, Yakirovich jamoani 2025 yil yozida qabul qilib olgan va uning qo‘l ostida «Hall Siti» o‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra APLga yo‘l olgan.

«Bu yerga kelganimdan beri klub va muxlislarimizning qo‘llab-quvvatlovini his qilib kelyapman. Shuning uchun sayohatimizni davom ettirishdan xursandman.

«Hall Siti» men uchun uyga aylandi va bu yo‘lni davom ettirishni intiqlik bilan kutyapman. APLga chiqish — amalga oshgan orzu.

O‘z kuchimizga ishonishimiz kerak. Biz bir oiladek birlashgan o‘ziga xos jamoamiz. Mavsumning dastlabki o‘yinlarida ushbu darajada raqobatlasha olishimizni va xavfli raqib bo‘lishimizni ko‘rsatdik.

Albatta, qattiq mehnat qilishda va muxlislarimiz biz bilan faxrlanadigan tarzda o‘ynashda davom etamiz», — deya Yakirovichning so‘zlarini keltiradi klub matbuot xizmati.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Hall Siti Hall Siti
Bugungi yangiliklar