«Barselona» bosh murabbiyi Hans-Diter Flik yarimhimoyachi Brayan Farinyasning sotuvini bloklab qo‘ygan.
20 futbolchi murabbiyni mavsumoldi mashg‘ulotlardan birida shu qadar hayratda qoldirdiki, Flik klub sport direktori Dekudan uni «Jirona»ga 3 mln yevro evaziga sotuvini to‘xtatishni so‘ragan. Bu haqda jurnalist Luis Roxo xabar berdi. La Masiya tarbilanuvchisi universalligi bilan ancha mashhur: u hujumkor yarimhimoyachi pozitsiyasini yopa olishi bilan birga, tayanch zonani va qanot himoyachisi nuqtasida ham harakat qila oladi.
Ma’lumot uchun, Brayan Farinyas «ko‘k-anorranglilar»ning asosiy jamoasi tarkibida hali debyut qilib ulgurmadi. Xavbek Kataloniya jamoasining La Liga yangi mavsumidagi uchala o‘yinida ham zaxirada qoldirildi.