Live
33
O'zbek

Flik «Real»ning ochko yo‘qotganiga munosabat bildirdi

Futbol
5 sentabr, 07:24
    5+
«Barselona» bosh murabbiyi Madrid klubining «Betis»ga qarshi bahsdagi mag‘lubiyati haqida gapirdi.
Flik «Real»ning ochko yo‘qotganiga munosabat bildirdi
Foto: Getty Images

«Barselona» bosh murabbiyi Hans-Diter Flik Madridning «Real» klubi «Betis»ga qarshi bahsda mag‘lub bo‘lgani haqida fikr bildirdi.

Ispaniya chempionati 3-turida «qaymoqranglilar» safarda «Betis»ga qarshi bahsda gol ura olmadi va 81-daqiqada o‘tkazib yuborilgan yagona gol evaziga mag‘lub bo‘ldi.

«Real» yaxshi o‘ynadi va g‘alaba qozonish uchun ko‘plab imkoniyatlar yaratdi. Ammo biz uchun o‘zimizga e’tibor qaratish muhim», — deya Flikning so‘zlarini Barca Universal keltirdi.

Ayni vaqtda «Real» La Liga turnir jadvalida 9 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda. «Barselona» ham 9 ochko jamg‘argan holda peshqadamlik qilmoqda, biroq kataloniyaliklar bir bahs kam o‘tkazgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Real Madrid Real Madrid
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

5+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar