Live
35
O'zbek

Enso Fernandes «Manchester Siti» safida ilk bor asosiy tarkibda maydonga tushdi

Futbol
5 sentabr, 10:12
Argentinalik yarimhimoyachi Niko O'Rayli qizishish vaqtida jarohat olgani sababli uning o‘rnini egalladi.
Enso Fernandes «Manchester Siti» safida ilk bor asosiy tarkibda maydonga tushdi
Foto: Getty Images
23’ Angliya Premer-ligasi Manchester Siti Manchester Siti 0 : 0 Koventri Siti Koventri Siti

Enso Fernandes «Manchester Siti»ning «Koventri»ga qarshi bahs uchun asosiy tarkibidan joy oldi. Uchrashuv oldidan Niko O'Rayli qizishish vaqtida jarohat olgani sababli argentinalik futbolchi uning o‘rniga asosiy tarkibga kiritildi.

Bu Fernandesning «Manchester Siti» safidagi ilk bahsi bo‘lmoqda. U yozgi transfer oynasining so‘nggi kunida «Chelsi»dan klubga qo‘shilgandi.

Eslatib o‘tamiz, Angliya Premyer ligasining 3-turida «Manchester Siti» o‘z maydonida «Koventri»ni qabul qiladi. «Shaharliklar» dastlabki ikki turdan so‘ng 6 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

APL. 3-tur
Manchester Siti — Koventri

5 sentyabr, 19:00
«Etihad» stadioni

«Manchester Siti»ning boshlang‘ich tarkibi: Janluiji Donnarumma, Abduqodir Husanov, Ruben Dias, Mark Guehi, Yosko Gvardiol, Elliot Anderson, Enso Fernandes, Antuan Semenyo, Rayan Sherki, Iliman Ndiaye, Erling Holand.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Siti Manchester Siti
  • Koventri Siti Koventri Siti
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Bugungi yangiliklar