«Bavariya» «Liverpul»ning germaniyalik hujumkor yarimhimoyachisi Florian Virts bilan bog‘liq vaziyatni diqqat bilan kuzatmoqda. Bu haqda TEAMtalk xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, «Liverpul»dagi ayrim yuqori martabali shaxslar Virts hozircha Angliyada o‘zini eng yaxshi tomondan ko‘rsata olmayotganidan xavotirda.
«Bavariya» avval ham Florianga qiziqish bildirgan, ammo futbolchi «Bayer»dan aynan «Liverpul» safiga o‘tishga qaror qilgandi. Shu bilan birga, mersisaydliklar yarimhimoyachidan voz kechish niyatida emas va unga hali ham ishonch bildirmoqda.
Virts 2025 yil yozidan buyon «Liverpul» sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning klub bilan shartnomasi 2030 yil iyun oyi oxiriga qadar amal qiladi.
Avvalroq Florian «Chelsi»ga o‘tishni rejalashtirayotgani ma’lum qilingandi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi