"Liverpul" yarimhimoyachisi Florian Virts jamoasini almashtirmoqchi. Bu haqida Fichajes nashri xabar berdi.
Germaniyalik futbolchi hozirda "Chelsi"ga o'tishni rejalashtirmoqda. Londonliklar safida u yana Xabi Alonso bilan birga ishlash niyatida.
O'z navbatida, "ko'klar" rahbariyati ham Virts uchun birinchi taklifini tayyorlamoqda. Jamoa futbolchi uchun 150 million yevro taklif qilishni rejalashtirmoqda.
Yakunlangan mavsum Virts APLda "Liverpul" safida 33 ta o'yinda maydonga tushib, 5 gol va 4 assist qayd etdi. Avvalroq Florian Salohning "Liverpul"dan norozı bo'lishiga asosiy sababchilardan biri ekani ma'lum qilingan edi.