Live
7
O'zbek

Virts — Salohning «Liverpul»dan norozi bo‘lishiga asosiy sabablaridan biri

Futbol
11 dekabr, 07:10
Saloh Virtsni «kelajak yulduzi» sifatida ko‘rgan klub rahbariyatidan norozi.
Virts — Salohning «Liverpul»dan norozi bo‘lishiga asosiy sabablaridan biri
Foto: Getty Images

«Liverpul» hujumchisi Muhammad Saloh klub rahbariyatidan norozi bo‘lishining sababi sifatida yangi futbolchi Florian Virtsning «kelajak yulduzi» maqomiga ega bo‘lishini ko‘rsatmoqda. Bu haqda The Touchline X ijtimoiy tarmog‘ida Bild nashriga tayanib xabar berdi.

Nemis yarimhimoyachisi o‘tgan yozda «Bayer Leverkusen»dan «Liverpul»ga kelib, klub tarixidagi eng qimmat xarid bo‘lgan edi.

Saloh 2017-yil yozidan buyon «qizillar» safida o‘ynab kelmoqda va jamoa bilan APL, Chempionlar ligasi, ichki kuboklar, Klublar o’rtasidagi jahon chempionati va boshqa sovrinlarni qo‘lga kiritgan. Futbolchining «Liverpul» bilan shartnomasi 2027-yil yozigacha amal qiladi.

Bugungi yangiliklar