“Bavariya”ning “Elfersberg”ga qarshi (2:1) Bundesliga 3-turidagi bahsi yarimhimoyachi Yozua Kimmix uchun Myunxen klubi libosidagi 500-oʻyin boʻldi.
31 yoshli xavbek ushbu koʻrsatkich boʻyicha Bastian Shvaynshtayger bilan tenglashdi va bu borada klub tarixida 11-oʻrinni boʻlishib turibdi.
“Bavariya” tarixida eng koʻp oʻyin oʻtkazgan futbolchi — Tomas Myuller. U iyunxenliklar safida 756 ta bahsda maydonga tushgan.
“Bavariya” safida eng koʻp oʻyin oʻtkazgan futbolchilar:
1. Tomas Myuller — 756 ta oʻyin
2. Zepp Mayer — 709
3. Oliver Kan — 632
4. Gerd Myuller — 613
5. Manuel Noyer — 602
6. Frans Bekkenbauer — 584
7. hans-Georg Shvarsenbek — 554
8. Klaus Augentaler — 551
9. Filipp Lam — 517
10. Bernd Dyurnberger — 511
11. Yozua Kimmix — 500
12. Bastian Shvaynshtayger — 500
Kimmix “Bavariya”dagi 500-oʻyinini oʻtkazib, Shvaynshtayger bilan tenglashdi
Futbol
14 sentabr, 02:29
Oldinda yana 10 futbolchi bor.
Foto: Getty Images