Angliya milliy jamoasining sobiq futbolchisi Jo Koul «Tottenhem» haqida fikr bildirdi. Roberto de Zerbi jamoasi APLning 5-turida o‘z maydonida «Aston Villa»ga yutqazib qo‘ydi (2:3).
«Ular bu yozda sotib olgan har bir o‘yinchisi uchun ortiqcha pul to‘lashdi. «Tottenhem» ligada qolish uchun kurash olib borishini istisno qilib bo‘lmaydi. Jamoa gol ura olmayapti va himoyada juda zaif ko‘rinmoqda», - dedi Koul TNT Sports efirida.
U, shuningdek, Nikolas Jekson gol urgan vaziyatda himoyachi van Hekkening harakatlarini tanqid qildi:
«Van Hekke gol urdi, lekin o‘z o‘yinidan qoniqmasligi kerak. «Tottenhem»ning o‘yin uslubi markaziy himoyachilarni mushkul vaziyatda qoldirishini bilaman, lekin aynan shuning uchun ham siz shu kabi vaziyatlarda yakkama-yakka o‘ynay oladigan himoyachilarni sotib olasiz».
Ma’lumot uchun, «Tottenhem» hisobida 2 ochko bor. Jamoa APL musobaqa jadvalida 18-o‘rinni egallab turibdi.