Live
13
O'zbek

«Tottenhem» muxlislari de Zerbini ishdan bo‘shatilishini istab, ommaviy ravishda stadionni tark etishdi

Futbol
19 sentabr, 12:32
London klubi ishqibozlari jamoa ko‘rsatayotgan natijalardan norozi.
«Tottenhem» muxlislari de Zerbini ishdan bo‘shatilishini istab, ommaviy ravishda stadionni tark etishdi
Foto: Gettyimages

«Tottenhem» ishqibozlari jamoa ko‘rsatayotgan natijalardan norozi. Shanba, 19 sentyabr kuni londonliklar o‘z uyida «Aston Villa»ga 2:3 hisobida imkoniyatni boy berib, o‘z muxlislarini yana ranjitdi. Londonliklar avvaliga 3 ta to‘p o‘tkazib yuborib, keyin o‘yinning so‘nggi daqiqalarida 2 ta javob to‘pi kiritishga muvaffaq bo‘lishdi.

Hisobi 0:3 bo‘lganida, muxlislar ommaviy ravishda stadionni tark etishni boshlashdi. 84-daqiqada stadion atrofida muddatidan avvalroq o‘z uyilariga yo‘l otlangan bir qancha tomoshabinlarni ko‘rish mumkin edi.

Stadion ichida qolganlar ham Roberto de Zerbiga qarshi hayqiriqlar guvohi bo‘lishdi, ba’zilar jarayonda ishtirok etdi. Tribunalardan italiyalik murabbiyni iste’foga chiqarish borasida gap-so‘zlar yangragani ham eshitildi.

Eslatib o‘tamiz, «Tottenhem» 2 ochko bilan Premer-liga musobaqa jadvalida 18-o‘rinni band etib turibdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Tottenhem Tottenhem
Bugungi yangiliklar