Live
13
O'zbek

«Kichkintoy Paula orzusini ro‘yobga chiqardi»

Tennis
19 sentabr, 12:42
Ispaniyalik tennischi Badosa rossiyalik sobiq tennis yulduzi Mariya Sharapova bilan suratga tushdi.
«Kichkintoy Paula orzusini ro‘yobga chiqardi»
Foto: Gettyimages

Dunyoning 70-raketkasi, ispaniyalik tennischi Paula Badosa «Katta dubulg‘a» turnirlarining besh karra chempioni, jahon reytingining sobiq birinchi raqami, rossiyalik sobiq tennischi Mariya Sharapova bilan birga suratga tushib, uni keng omma bilan bo‘lishdi.

«Ba’zi odamlar sizni uzoqdan ilhomlantiradi, keyin esa ular bilan uchrashish imkoniyatiga ega bo‘lasiz. Bugun xuddi shunday lahza yuz berdi. Shunchaki aql bovar qilmaydi. Bugun kichkina Paula o‘z orzusiga erishdi». - deb yozdi Badosa ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Ispaniyalik tennischi avvalroq Braziliyaning San-Paulu shahrida bo‘lib o‘tayotgan WTA-250 toifasidagi turnirning yarimfinaliga chiqdi va endi final yo‘llanmasi uchun argentinalik Nadiya Podoroshka bilan o‘ynaydi.

Bugungi yangiliklar