«Real» bosh murabbiyi Joze Mourino derbi oldidan «Atletiko» tarkibi darajasi haqidagi savolga javob berdi.
- «Atletiko» tarkibining darajasiga qanday baho berasiz?
- Men tarkiblarni taqqoslashni istamayman. Mendan Kurtua va Oblakni taqqoslashni so‘ramang. Raqib haqida quyidagilarni aytaman: kuchli tarkib, ko‘plab variantlar, ajoyib murabbiy va o‘ziga yoqadigan va o‘z DNKsiga mos keladigan o‘yinchilarni tanlaydigan inson. Ko‘p yillik mehnat. Men bu jamoaga qarab turib, o‘ylaymanki, mavsum oxirida u chempionlik unvoni uchun kurashadiganlar qatorida bo‘ladi», - dedi Mourinio matbuot anjumanida.
Eslatib o‘tamiz, Ispaniya chempionati 7-turi doirasida «Atletiko» o‘z maydonida «Real»ni qabul qiladi.
Ma’lumot uchun, mazkur bellashuv oldidan «Real» 6 o‘yinda 15 ochko to‘plab, jadvalda ikkinchi pog‘onani band etgan bo‘lsa, «Atletiko» hisobida 13 ochko mavjud va Simeone shogirdlari 4-o‘rinni egallab turibdi.